top of page
Ko'p so'raladigan savollar
-
Ingliz tilini noldan o’rganish uchun qancha vaqt talab qilinadi?Bularning barchasi faqat individual qobiliyatlarga va o’quvchi erishmoqchi bo’lgan darajaga bog’liq. Taxminiy muddatni faqat test sinovlari va o'quv markaziga kelgan holda, o’zaro suhbatdan soʻng ma’lum qilishimiz mumkin bo’ladi.
-
Kursni tanlashdan avval ingliz tilini bilish darajasini qanday aniqlash mumkin?Shu maqsadda barcha yangi talabalarimiz uchun test sinovlari (Placement test) o’tkazamiz. Uning natijalariga ko’ra mutaxassislarimiz talabalarni guruhlarga ajratishadi. Avvalgi kurslarni tamomlagan talabamiz keyingi bosqichga o’ta olish yoki olmasligini ham xuddi shu usul orqali aniqlaymiz. Kursga yozilayotgan vaqtingizda esa o'zingiz xohlagan kurs darajasini tanlashingiz mumkin, va shu orqali biz sizni test sinovi orqali 'sinab' olamiz.
-
O’quvchilarni kerakli adabiyotlar bilan ta’minlaysizmi yoki alohida sotib olish kerakmi?Tanlangan ingliz tili kursi uchun haq to’lagandan so’ng, markazimiz talabalarga barcha qo’llanmalar va boshqa o’quv materiallarini taqdim etadi. O’z navbatida o’quvchi darslarga ushbu darslik va qo’llanmalar bilan qatnashishga mas’uldir.
bottom of page